Prezident imzolagan yangi qonun bilan endi I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan tibbiy xodimlari belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
Mahkumlarga oid qonun loyihasi muhokamasi deputatlar va IIV vakillari o‘rtasidagi bahsga sabab bo‘ldi. Hujjatda mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tganini baholovchi uchta mezon qayd etilgan. Nurdinjon Ismoilov mezonlar juda qiyinligi, «bunga mos kelish uchun mahkum ideal bo‘lishi kerak"ligini ta’kidladi.
Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tash davrida bajarilgan har qanday ish, agar ushbu ish uchun ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, ish stajiga qo‘shib hisoblanishi mumkin. Shuningdek, jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarga «Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi» berish taklif qilinmoqda. Shuningdek, ozodlikka chiqqan shaxslarni aholining ehtiyojmand toifasiga kiritish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting